Keyword

Filter by

Category

Tags

Topics

Year

Qum va chang bo'roni soni ortishi dunyoning ko'plab mintaqalarida quzatilmoqda: BMT ogohlantirmoqda

Ikki milliard tonna qum va chang og'irligi bo'yicha 350 ta Giza piramidalariga teng. har yili atmosferaga kirib keladi; BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi ekspertlari muammoning 25% dan ortig'ini inson faoliyati bilan bog'laydi. Shimoliy va Markaziy Osiyodan Sahroi Kabirdan janubiy Afrikagacha vayronagarchiliklar keltirib chiqaradi; Natijada, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'llanishga qarshi kurash to'g'risidagi Konvensiyasiga (UNCCD) ma’lumotlariga ko'ra, qum va chang bo'ronlari hozirda dunyoning ba'zi joylarida "keskin" tez-tez uchraydigan muammo bo'lib, buning kamida 25% inson faoliyati bilan bog'liq. Siyosiy tavsiyalar bilan birga ushbu ogohlantirish Konvensiyani amalga oshirishdagi global yutuqlarni sarhisob qilish uchun O'zbekistonning Samarqand shahrida besh kunlik yig'ilish o'tkazilayotgan paytda e'lon qilindi. BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi 1992-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Yer sammitida qabul qilingan uchta konvensiyadan biridir. Qolgan ikkitasi esa iqlim o'zgarishi (UNFCCC) va biologik xilma-xillik (UN CBD) Konvensiyalaridir. 13-17 noyabr kunlari (https://www.unccd.int/cric21) o‘tkaziladigan sessiyalar 15-noyabr kuni O‘zbekiston hukumati tomonidan mezbonlik qilinadigan qum va chang bo‘ronlarining sanoat, transport, suv, havo sifati va inson salomatligi va qishloq xo‘jaligiga ta’sirini bartaraf etish yo‘llariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi sessiyani o‘z ichiga oladi.  “Qum va changdan iborat qora bulutlar va kunni tunga aylantirayotgan tasvirlar – bu tabiatning eng qo'rqinchli tomoshalaridan biridir. Bu Shimoliy va Markaziy Osiyodan Sahroi Kabirdan janubiy Afrikagacha bo‘lgan hamma joyda vayronagarchiliklarga olib keladigan salbiy hodisadir”, - ta’kidlaydi BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi Ijrochi kotibi Ibrohim Tiau. “Qum va chang bo'ronlari barqaror rivojlanishga erishish uchun katta qiyinchilik tug'diradi. Biroq, qum va chang bo'ronlari inson faoliyati orqali kuchayganidek, ular ham inson harakatlari orqali kamayishi mumkin”, - deya qo'shimcha qiladi Tiau. Qum va chang bo'ronlari mintaqaviy darajada keng tarqalgan va mavsumiy tabiat hodisasi bo'lsa-da, BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi ekspertlarining fikriga ko'ra, muammo yer va suvni noto'g'ri boshqarish, qurg'oqchilik va iqlim o'zgarishi bilan yanada kuchaymoqda. Qum va chang bo’ronlarining intensivligi, kattaligi yoki davomiyligidagi o'zgarishlar yanada katta xavf tug’dirishi mumkin". Kuzatilayotgan salbiy ta'sirlar manbalari  mintaqalaridan uzoqroqda bo'lgan holda, hozirda har yili atmosferaga taxminan 2 milliard tonna qum va chang kiradi, bu og'irligi bo'yicha Gizaning 350 ta Buyuk Piramidalariga teng. Ba'zi hududlarda o'tgan asrda cho'l changi ikki baravarga ko'paydi. “Qum va chang bo'ronlari tobora tez-tez va jiddiy tus olib, transchegaraviy ta'sirga ega bo'lib, atrof-muhit, iqlim, sog'liq, qishloq xo'jaligi, turmush sharoiti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta'sir qiladi. Qum va chang bo'ronlari ta'sirining to'planishi inson salomatligi uchun sezilarli darajada bo'lishi mumkin", - deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) texnik xodimi, BMTning qum va chang bo'ronlariga qarshi kurash bo'yicha koalitsiyasi raisi Feras Ziadat. “Ba’zi hududlarda qum va chang bo'ronlari ekinlarga zarar yetkazadi, chorva mollariga ta’sir qiladi va tuproqning yuqori qatlamini yo‘q qiladi. Cho'kma joylarida atmosfera changi, ayniqsa mahalliy sanoat ifloslanishi bilan birgalikda, nafas olish kasalliklari kabi inson salomatligi muammolarini keltirib chiqarishi yoki yomonlashishi mumkin. Aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish, transport va ta'minot zanjirlari ham past ko'rinish va changdan kelib chiqqan mexanik nosozliklar tufayli buzilishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qum va chang bo'ronlariga qarshi kurash bo'yicha koalitsiyasi, hozirda FAO raisligida 2019-yilda qum va chang bo’ronlari bilan kurashish bo'yicha global sa'y-harakatlarga rahbarlik qilish uchun tuzilgan.” Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi, FAO va boshqa hamkorlar o'zlarining Qum va chang bo'ronlari to'plamida (https://www.unccd.int/land-and-life/sand-and-dust-storms/toolbox) qum va chang bo'ronlari bo’yicha ma'lumotlarini to'plash va baholash, monitoring va erta ogohlantirish, ta'sirni yumshatish va tayyorgarlik choralarini ko’rish, shuningdek, manbalarni xaritalash, milliy, mintaqaviy va global darajada antropogen manbalarni yumshatish borasidagi yondashuvlar va metodologiyalar bo'yicha ko'rsatmalar bilan bo’lishadilar.. Qum va chang bo’ronlar muhokamasi Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi (CRIC 21) bajarilishini ko'rib chiqish qo'mitasining O'zbekistonda bo'lib o'tadigan bu yilgi yig'ilishining kun tartibining bir qismini va Konvensiyaning strategik maqsadlarini amalga oshirishdagi global taraqqiyotni tashkil etadi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti Komissiyasi tashkil etilganidan buyon birinchi marta Markaziy Osiyodagi eng muhim uchrashuvlaridan birini o’tqazdi. Yig‘ilish muhim pallaga to‘g‘ri keladi, chunki Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi ning yangi ma’lumotlar platformasi (https://data.unccd.int/) orqali e’lon qilingan so‘nggi statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyo har yili deyarli 1 million kvadrat kilometr sog‘lom va unumdor yerlarni yo‘qotmoqda – 4,2 million kvadrat kilometr: taxminan 2015-2019 yillar oralig'idagi Markaziy Osiyoning beshta davlati: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonning umumiy maydoni. Uchrashuv davomida Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi va FAO ekspertlari uchta hisobotni taqdim etishlari rejalashtirilmoqda: Qum va chang bo'ronlari. Qishloq xo'jaligida ta’sirni yumshatish, moslashish, siyosiy yondashuv va xavflarni boshqarish choralari bo'yicha qo'llanma. Eron Islom Respublikasi qishloq xoʻjaligida qum va chang boʻronlariga chidamlilikni oshirish boʻyicha investitsiyalar va harakatlarni oshirish uchun favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish jarayoni va Ko’chmanchi jamiyatlar bilan qum va chang bo'roni bo'yicha favqulodda vaziyatlarni rejalashtirishga tayyorgarlik: Mo'g'uliston misolida CRIC 21 kun tartibining boshqa masalalari barqaror yer boshqaruvini rag'batlantirish, ayollar uchun adolatli yer huquqlarini ta'minlash, iqlim o'zgarishi va atrof-muhit degradatsiyasi natijasida kuchaygan qurg'oqchilik va o'rmon yong'inlariga qarshi kurashni o'z ichiga oladi. * * * * * Qo’shimcha ma’lumot: Qum va chang bo’ronlar Qum va chang bo'ronlari ko'plab mahalliy nomlar bilan tanilgan: sirokko, xabub, sariq chang, oq bo'ronlar yohud harmattan. Qum va chang bo'ronlari ham quruqlik, ham dengiz ekotizimlarini urug'lantirishi mumkin bo'lsa-da, ular inson salomatligi, tirikchilik va atrof-muhit uchun bir qator xavflarni keltirib chiqaradi. Qum va chang bo'ronlari hodisalari odatda past kenglikdagi quruq yerlarda va o'simlik qoplami siyrak yoki mavjud bo'lmagan nam joylarda yuzaga keladi. Qum va chang bo'ronlari  boshqa muhitlarda, jumladan, nam mintaqalarda qishloq xo'jaligi va yuqori kengliklarda, o'ziga xos shamol va atmosfera sharoitlariga to'g'ri kelganda ham paydo bo'lishi mumkin. Qum va chang bo'ronlari minglab kilometrlardan ortiq hududlarga  ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yagona va izchil global va mintaqaviy choralar va yondashuvlar,  ayniqsa qum va chang bo'ronlari  manbalarni yumshatish, erta ogohlantirish tizimlari va monitoringni hal qilish uchun zarur. Qum va chang bo'ronlari odatda sezilarli iqtisodiy ta'sir ko'rsatadi: masalan, ular Quvaytdagi neft sektoriga yiliga taxminan 190 million AQSh dollari miqdorida zarar etkazgan bo'lsa, 2009 yilda bitta qum va chang bo'ron hodisasi Avstraliyada 229-243 million AQSh dollari miqdoridagi zararga olib keldi. Mineral changning asosiy global manbalari Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Sharqiy Osiyo bo'ylab shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarimsharda Avstraliya, Janubiy Amerika va Janubiy Afrika asosiy chang manbalari hisoblanadi.  Markaziy Osiyoning 80% dan hududini choʻl va dashtlar egallaydi, ular iqlim oʻzgarishi va uzoq davom etayotgan qurgʻoqchilik bilan birgalikda qum va chang boʻronlarining asosiy tabiiy manbai hisoblanadi. Qurigan Orol dengizi tubi qum va chang bo'ronlarning asosiy manbai bo'lib, har yili 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni chiqaradi, bu nafaqat yaqin atrofda, balki undan uzoqda yashaydigan insonlarning sog'lig'iga ta'sir qiladi va har yili 44 mln. AQSh dollari miqdorida yo'qotishlarni keltirib chiqaradi. Qum va chang bo'ronlarni tabiiy ofat xavfi sifatida tan olish Shimoliy-Sharqiy Osiyo, G'arbiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning ba'zi qismlarida yuqori, ammo boshqa joylarda kamroq seziladi Qum va chang bo'ronlarini tabiiy ofat xavfi sifatida yetarlicha tan olinmasligi, ehtimol, (ko'p hollarda) bevosita insonlarning o'limi yoki alohida qum va chang bo'ronlari hodisalari natijasidagi jarohatlarning yo'qligi va ularning sog'lig'iga, iqtisodiy yoki boshqa uzoq muddatli ta'siri bo'yicha  ma’lumotlarni yetarlicha mavjud emasligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.  Qum va chang bo'ronlarini  sog'liqqa ta’siri Qum va chang bo'ronlari sog'lig'i yomon bo'lgan insonlar hayoti uchun xavfli bo'lishi mumkin. Mayda chang zarralari yuqori troposfera darajalariga (balandligi bir necha kilometrgacha) ko'tariladi, bu erda shamol ularni uzoq masofalarga tarqatishi mumkin. Qum va chang bo'ronlarining sog'liqqa ta'siri o'nlab yillar davomida o'rganilib kelinmoqda, aksariyat tadqiqotlar Sharqiy Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharqda o'tkazilgan. G'arbiy Afrikada ushbu tadqiqotlar o’tqazilmagan. Ushbu tadqiqotlarning alohida yo'nalishi qum va chang bo'ronlarini havo ifloslanishining o’zgarishiga qaratilgan. Atmosferadagi qum va changni kelib chiqish sababi va ta'siri, sog’liqqa ta'sir qilishi  noaniq bo'lib qolmoqda va chuqur o'rganishni talab qiladi. Aytish mumkinki, sog’ligi zaif va xavf ostida bo'lgan vakillari, ayniqsa, ilgari yurak-o'pka kasalliklari, jumladan, bolalikdan astmasi bo'lganlar, chang bo'roni paytida o'lim yoki kasallanish darajasi yuqori bo'lishi mumkin.  Qum va chang bo'ronlarining, shuningdek, ekinlarning nobud bo'lishi yoki hosildorlikning pasayishi, hayvonlarning nobud bo'lishi,  sut va go'sht mahsulotlarini kam mahsuldorligi va infratuzilmaga zarar etkazish orqali qishloq xo'jaligi sektoriga katta xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bir yillik ekinlar uchun nobud bo’lish holatlari  ko'chatlar yoki ekinlarning qum ostida ko'milishi, o'simlik to'qimalarining yo'qolishi va qum bilan tozalash natijasida fotosintez faolligining pasayishi bilan bog'liq. Bu mintaqada hosilning to'liq yo'qolishiga yoki hosilning pasayishiga olib kelishi mumkin. Ba'zi ko'p yillik ekinlarga daraxt yoki ekinlarning shikastlanishi (masalan, beda/beda tojlari shikastlangani kabi) uzoq muddatli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu masalani ba’zi bir ijobiy tomonlari ham mavjud.  Qum va chang bo'ronlarining changida azot, fosfor va kaliy kabi tuproq uchun ozuqa moddalari, shuningdek, organik uglerod bo'lishi mumkin. Ba'zi hududlar quruqlikda, mineral va ozuqa moddalarining suvda, xususan, okean jismlarida to'planishidan foyda oladi va shamol ostidagi ekin yoki yaylov maydonlarini oziq moddalar bilan ta'minlashi mumkin. Biroq, bu cheklangan ba’zi bir foydali jihatlarni ta’siri etkazilgan zararlar ta’siri bilan taqqoslanganda ancha ahamiyatsizdir. Dunyo miqyosida asosiy mavjud bo’gan katta chang manbalari qurigan ko'llardir; mahalliy manbalarga muzliklarni yuvib tashlaydigan tekisliklar, vulqon kul zonalari va yaqinda shudgorlangan dalalar kiradi. Qum va chang bo'ronlarining tarmoqlararo va transmilliy ta'siri 17 Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 11 tasiga bevosita ta'sir qiladi, ammo qum va chang bo'ronlarining xavf sifatida global tan olinishi qisman ularning murakkabligi va mavsumiy jami ta'siri, shuningdek cheklangan ma'lumotlar tufayli odatda past bo'ladi. Qum va chang bo'ronlarini ta'sirni baholash va ma'lumotlarn kamligi, samarali qarorlar qabul qilish va rejalashtirishga to'sqinlik qiladi. BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi hukumatlarga yerni barqaror boshqarish amaliyotlarini kengaytirishga qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ilm-fanning eng so'nggi yutuqlarini aniqlash va ulardan foydalanishda yordam beradi. Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi Markaziy Osiyodagi qurg'oqchilik va qum va chang bo'ronlari ta'sirida zaif bo'lgan mamlakatlarga milliy va mintaqaviy darajada xavflarni kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam beradi. BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi mamlakatlarni ushbu ekologik ofatlarga tayyorlik va chidamlilikni oshirish uchun monitoring va erta ogohlantirish tizimiimlari bilan keng qamrovli xavflarni kamaytirish strategiyasini qabul qilishga undaydi.  Eng zarur choralar quyidagilardan iboratdir Axborot almashish, qisqa va uzoq muddatli choralar, ko'plab manfaatdor tomonlarni jalb qilish va Qum va chang bo'ronlar haqida xabardorlikni oshirish orqali ko'p tarmoqli yondashuvni kuchaytirish. Tuproqlarni himoya qilish va o'simlik qoplamini ko'paytirish uchun tuproq va suvni boshqarish usullaridan foydalangan holda yerni qayta tiklash, bu manba maydonlarining ko'lami va zaifligini sezilarli darajada kamaytirish, qum va chang bo'ronlari hodisalarini ta’sirini  kamaytirish. Ogohlantirishlar oʻz vaqtida va maqsadli tarzda berilishini taʼminlash uchun barcha manfaatdor tomonlar (jumladan, xavf ostida boʻlgan aholi vakillari) ishtirok etgan holda, erta ogohlantirish va monitoring, xavf haqidagi dolzarb bilimlarga asoslanish va tahmin qilish. Zaiflikni kamaytirish, chidamlilikni oshirish va qum va chang bo'ronlar  hodisalariga o'z vaqtida samarali javob berishga tayyor bo'lish orqali salbiy ta'sirni yumshatish. * * * * *

Qum va chang bo'roni soni ortishi dunyoning ko'plab mintaqalarida quzatilmoqda: BMT ogohlantirmoqda
Message to UNCCD CRIC21 from UN Secretary-General António Guterres

Samarkand, Uzbekistan, 13 November, 2023 Leaders have made a promise to the world: to combat the terrible trend of transforming healthy land into desert; to revitalize areas humanity has pushed into degradation and decay; and to create a world that is land degradation neutral. Keeping these promises is vital for nature, and for communities. But we are moving in the wrong direction. Between 2015 and 2019, 100 million hectares were degraded every single year, adding up to an area twice the size of Greenland. If current trends continue, we will need to restore the health of a staggering 1.5 billion hectares of degraded land by 2030. We can and must turn this around. Around the world we see examples of land being given a new lease of life, including in Uzbekistan. And the world could surpass its neutrality target if it works together to halt new land degradation and accelerate restoration. To achieve this, we need governments, businesses and communities to work together to conserve natural areas, scale up sustainable food production, and develop green urban areas and supply chains. I urge all of you to use this intersessional meeting to step up ambition and action to help make that a reality. Together, let’s see degraded lands thrive once more.

Message to UNCCD CRIC21 from UN Secretary-General António Guterres
Markaziy Osiyo birinchi bora cho‘llanish, yer degradatsiyasi va qurg‘oqchilik bo‘yicha BMT Konvensiyaning yig‘ilishiga mezbonlik qiladi

OAV Uchun Ma’lumot Konvensiyaning (CRIC21) bajarilishini koʻrib chiqish boʻyicha 21-qoʻmitaning yigʻilishi. 2023-yil 13-17-noyabr, Samarqand shahri Bonn/Samarkand, 09/11/2023. 13-17-noyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasining (UNCCD) bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasini 21-sessiyasi (CRIC-21) bo’ib o’tadi. CRIC21 BMT Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo'lidagi natijalarni muhokama qilish uchun 196 ta mamlakatdan va Evropa Ittifoqi, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralardan 500 ga yaqin vakillarni birlashtiradi. Ushbu yig’ilish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi tashkil etilganidan beri eng muhim yig‘ilishlardan biri bo’lib Markaziy Osiyoda ilk bora o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir juda muhim pallaga to'g'ri keladi, chunki BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi tomonidan e'lon qilingan so'nggi ma'lumotlarga ko’ra, dunyo bo’ylab har yili 100 million gektarga yaqin sog'lom va unumdor yerlar yo'qolmoqda. Agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, 2030-yilgacha butun dunyo bo'ylab yer degradatsiyasining neytralligiga erishish uchun 1,5 milliard gektar yerni tiklash kerak bo'ladi. Biroq, qo'shimcha tanazzulni to'xtatish va mavjud majburiyatlarni tezlashtirishning o'zi betaraflik maqsadidan oshib ketishi mumkin. BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi Ijrochi kotibi Ibraxim Tiav o’z fikrlarini bildirdi:  “Butun dunyoda kuzatilgan qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va jazirama to‘lqinlar, chuqurlashib borayotgan va o’zaro bog’liq bo’lgan iqlim va tabiat inqirozining alomatlaridir va yerlarimiz ushbu inqirozning markazida turibdi. 2015-yildan buyon 4 million kvadrat kilometrga yaqin sog‘lom va unumdor yer yo‘qoldi, bu taxminan Markaziy Osiyo maydoniga teng degani. Biz 2030-yilga borib yerlarni yanada tanazzulga uchrashini to‘xtatishimiz va kamida 1 milliard gektar maydonni qayta tiklashimiz kerak, va 2030-yilga kelib yerlarga bo’gliq bo’lgan global maqsadlarga erishishimiz kerak.” CRIC21 yig’ilishi “Silk Road Samarkand” kongress markazida boʻlib oʻtadi. Tomonlar 2018-2030 yillarga mo‘ljallangan BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasini strategik va amalga oshirish dasturiga muvofiq yer degradatsiyasining oldini olish va to‘xtatish bo‘yicha global maqsadlarga erishish bo‘yicha erishilgan natijalarni ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. CRIC21 dasturining diqqatga sazovor va muhim tadbirlari ro’yxati: 13 noyabr kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha CRIC raisi, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi Ijrochi kotibi va O'zbekiston hukumati vakilining kirish so'zlari bilan ochiladigan yalpi majlis. 14 va 16-noyabr kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha Gender Kaucus xalqaro ekspertlarni yig'ilishi bo’lib o’tadi, va unda ayollarning yer huquqlari va ushbu huquqlarni dunyo bo’ylab yerni qayta tiklash va qurg'oqchilikka chidamlilikni oshirish muvaffaqiyatining zaruriy shartlariga doir muhokamalar bo’lib o’tadi. 15-noyabr kuni 10:00 dan-13:00 gacha O'zbekiston hukumati tomonidan qum va chang bo'ronlari bo'yicha yuqori darajadagi siyosiy tadbir bo'lib o'tadi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda ham, uning atrofidagi mamlakatlarda ham qum va chang bo‘ronlari soni ham, shiddati ham sezilarli darajada oshdi. CRIC21 da ilk marotaba 30 dan ortiq turli xil amaliy tadbirlar tashkil etiladi. Ushbu tadbirlar ishtirokchilar va akkreditatsiyadan o’tgan kuzatuvchi tashkilotlarga Konvensiya maqsadlari bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha axborot va tajriba almashish uchun imkoniyat yaratadi. CRIC21 davomida mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan -15:00 gacha matbuot brifinglari o'tkaziladi, jumladan: 13-noyabr: Markaziy Osiyoga e'tibor qaratiladi: cho'llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg'oqchilik bo'yicha mintaqaviy tendensiyalar. BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasini bosh olimi doktor Barron Orr va fan, texnologiya va innovatsiyalar bo'limining dastur rahbari Olga  Andreyeva (tasdiqlanmoqda) xonim ishtirok etadilar. 14 noyabr: Uning yeri. Uning huquqlari: BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi vakillari va mintaqaviy ekspertlar (tasdiqlanmoqda) bilan ayollarning yer huquqlarini va ularning yerni tiklash va qurg'oqchilikka chidamlilik sa'y-harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan global va mintaqaviy sa'y-harakatlari. 15-noyabr: Qum va chang bo'ronlari: BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi va mintaqaviy ekspertlar ishtirok etadilar. Ko’payib borayotgan qum va chang bo'ronlari haqidagi so'nggi ma'lumotlar, shuningdek,O'zbekiston hukumati tomonidan o'tkazilgan yuqori darajadagi tadbir natijalari muhokama qilinadi 17-noyabr: Yakunlovchi matbuot anjumani: BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi ijrochi kotibi Ibraxim Tiav, CRIC raisi Biljana Kilibarda xonim hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov qatnashadilar va o’tqazilgan CRIC21ning asosiy natijalari haqida ma’lumotlar beriladi. OAV uchun eslatmalar Akkreditatsiyadan o'tgan ommaviy axborot vositalari vakillari CRIC21 va tegishli tadbirlarda qatnashish va tadbirlani yoritish uchun taklif etiladilar. Jurnalistlar yerlarni tiklash va qurg'oqchilikka chidamlilik loyihalari bilan bevosita amaliy tashriflar orqali tanishishlari mumkin. Ushbu amaliy tashriflar CRIC21dan oldin va keyin darhol amalga oshiriladi. CRIC2ning kunlik muhim voqealari IISD Earth Negotiations Byulletini tomonidan taqdim etiladi va ushbu havola orqali mavjud bo’ladi: https://enb.iisd.org/unccd-committee-review-implementationconvention-cric21 OAV uchun amaliy tashriflar javdali quyidagi havolada mavjud: https://www.unccd.int/sites/default/files/2023-10/Side%20Events%20CRIC21.pdf CRIC21 va BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish konvensiyasiga doir visual ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishisn mumkin: https://trello.com/b/zq0kxtkK/unccd-cric21-samarkand-uzb-2023 Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: www.unccd.int/cric-21-online-registration. Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim eting: Yaqinda olingan bitta pasport o'lchamidagi fotosurat; Guvohnoma (muddati o'tib ketmagan bo’lishi zarur); Pasportingiz (xorijiy jurnalistlar uchun) yoki milliy guvohnomangiz (mahalliy OAV uchun) nusxasi (rasm va imzo sahifalari); Tadbirlarda ishtirok etish uchun homiylik qiluvchi OAVning rasmiy xati. Erkin jurnalistlar (frilancerlar) uchun qaysi OAV uchun konferensiyani yoritishni tayinlaganligi haqida xat talab qilinadi; To'g'ri va to’liq to'ldirilgan akkreditatsiya Onlayn roʻyxatdan oʻtgan jurnalistlar oʻzlarining akkreditatsiyalarini “Ipak yoʻli Samarqand” kongress markazida amaldagi guvohnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat koʻrsatgan holda olishlari mumkin boʻladi. O‘zbekistonga viza olish va tartibga soluvchi qoidalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: https://e-visa.gov.uz/main. Ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilish yoki tadbirni yoritish bo'yicha savollar uchun press@unccd.int manziliga murojaat qiling. Konferensiya o'tkaziladigan joyda matbuot va ommaviy axborot vositalari uchun maxsus ish maydoni mavjud bo'ladi. Konvensiya va CRIC 21 bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar va matbuot yangiliklari BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi veb-saytida mavjud bo'ladi: https://www.unccd.int/cric21. BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi haqida qisqacha ma’lumot BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi (UNCCD) yer uchun muhim bo’lgan o’ziga hos global yondashuv va ovozdir. Biz hukumatlar, olimlar, siyosatchilar, xususiy sektor va hamjamiyatlarni insoniyat va sayyora barqarorligi uchun dunyo yerlarini qayta tiklash va boshqarish uchun umumiy yondashuv va global harakatlar atrofida birlashtiramiz. BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi 197 nafar ishtirokchi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomadan ko'ra ko'proq, bu yerning degradatsiyasining bugungi oqibatlarini yumshatish va barcha insonlar uchun adolatli va inklyuziv tarzda oziq-ovqat, suv, boshpana va iqtisodiy imkoniyatlarni ta'minlash uchun kelajak yerlardan foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan ko'p tomonlama majburiyatdir.  

Markaziy Osiyo birinchi bora cho‘llanish, yer degradatsiyasi va qurg‘oqchilik bo‘yicha BMT Konvensiyaning yig‘ilishiga mezbonlik qiladi
A milestone moment: Uzbekistan and UNCCD team up to tackle land crisis

Bonn/Samarkand, 10 October 2023 – Today the United Nations Convention to Combat Desertification (UNCCD) entered into a landmark agreement with the government of the Republic of Uzbekistan. The Host Country Agreement marks the culminating chapter in the preparations for the upcoming 21st session of the UNCCD Committee on the Review of the Implementation of the Convention (CRIC21), to be held from 13-17 November 2023 in Samarkand.  For the first time since its inception, UNCCD is convening one of its most important meetings in the heart of Central Asia. The highly anticipated CRIC21 will serve as a global platform for cutting-edge insights into land degradation and drought while assessing the progress the countries are making in restoring productive land.  Welcoming the UNCCD delegation to the historic crossroads of culture and civilization in the city of Samarkand, Uzbekistan's Minister of Ecology, Aziz Abdukhakimov emphasized the upcoming UN conference's role in bolstering global partnerships and environmental innovation. Among the inspiring examples of the successful project in land restoration he shared is the ongoing tree-planting efforts on 2 million hectares to combat the Aral Sea environmental crisis.  UNCCD Executive Secretary Ibrahim Thiaw noted that CRIC21 meets at a time of increasing environmental turbulence: cataclysmic heatwaves in Europe and North America, devastating droughts in the Horn of Africa, torrential monsoons and cyclones across Asia. The significance of land degradation as both a contributor to and a consequence of these phenomena cannot be overstated.  Recent UN data paints a sobering picture, demonstrating that 420 million hectares of fertile and productive land between have been degraded between 2015 and 2019 – an area exceeding the combined landscapes of Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan and Uzbekistan.  CRIC21 – a global symposium of delegates from 196 nations and the European Union, leaders of the civil society, academia, and international organizations – will delve into progress on the Convention's strategic objectives. These range from sustainable land management and drought resilience to ensuring fair land rights for women and tackling the sand and dust storms and wildfires exacerbated by the climate change and environmental degradation.  The UNCCD secretariat wishes to express its sincere gratitude to the Republic of Uzbekistan for graciously assuming the role of the host for this pivotal event. Like an intricate carpet weaved by expert hands unfurls to reveal its detailed patterns, CRIC21 will roll out at the Silk Road Samarkand Congress Centre in Uzbekistan this November. 

A milestone moment: Uzbekistan and UNCCD team up to tackle land crisis